HAPPY START ga
XUSH KELIBSIZ!

HAPPY START MAKTABGACHA va MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM MARKAZI

Bu, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ta’lim markazi bo’lib, zamonaviy o’qitish usullarini qo’llash orqali bolaga XXI asrning ko’nikmalarini rivojlantirishga va o’rganishda birinchi qadamlarni qo’yishga yordam beradi.

Ushbu markazga asos solish va dastur ishlab chiqish jarayonida, biz o’z oldimizga asosiy bir savolni qo’ydik:

Nima uchun maktabgacha ta’lim MUHIM?

Birinchidan, inson miyasi rivojlanishining eng faol bosqichi – hayotning dastlabki 4 yilliga to’g’ri keladi. Bolaning o’zi, o’z o’zidan  blishni va o’rganishni hohlaydi va ma’lumotni tez shimib oladi ham.

Ikkinchidan, muloqot qobiliyatlari. Farzandlar boshqalarni tinglashni, o’z fikrlarini aniq ifodalashni, boshqalarni qabul qilishni, xushnud bo’lishni va ulashishni o’rganadi. Ushbu ko’nikmalar tufayli maktabga ketayotganda u “kattalar” hayotiga osongina moslasha oladi.

Va nihoyat, Onalar! Axir, sizlarga dam olish, sevimli mashg’ulot bilan shug’ullanish va o’zingiz shahsan o’sishingiz  uchun bo’sh vaqt kerak.

Siz, kun davmoida ishda bo’lasiz. Ishdan qaytgach esa bola bilan birga vaqt o’tkazishni istaysiz. Mana biz hizmatingizga tayyormiz. Bolaning ta’limini bizlarga ishoning, siz esa ishdan so’ng o’z farzandlaringiz bilan oilaviy vaqt o’tkazing.

Rangbarang muhit

BIZNING DASTUR

Intellektual rivojlanish

- Ingliz tili
- Lego education
- Shahmat
- Maktabga tayyorlov
- Ilmiy laboratoriya va Geo Klub

San'at

- Tasviriy san'at
- Teatr klubi
- Qumli rasm san'ati

Jismoniy rivojlanish

- Bolalar uchun fitnes

Boshlang'ich rivoj

- Atrof muhit bilan tanishuv
- Sensorika Logaritmika
- Barmoq gimnastikasi