“HAPPY START” O’QITUVCHILARI “LEGO EDUCATION” TRENNINGIDA ISHTIROK ETISHDI!

Happy Start

Ta’lim sifatiga katta e’tibor qaratamiz, shuning uchun o’qituvchilarimizning malakasini oshirishga harakat qilamiz.

Buning uchun 20-22 sentyabr kunlari “Happy Start” markazimizda maxsus trening o’tkazildi.

Uni “Gnomlar Akademiyasi” Moskvadagi Markazining rahbari va tajribali LEGO Akademiyasi murabbiysi Maya Sklyarova¬† olib bordi. LEGO ta’lim metodologiyasi maktabgacha ta’lim sohasida katta istiqbolga ega, deb hisoblaydi.

Trenningda ishtirok etgan o’qituvchilarga “LEGO Education” kompaniyasidan xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlar topshiriladi. Har bir sertifikat alohida raqamga ega va u har doim LEGO Educationning vakili tomonidan¬† turli mamlakatlarda tasdiqlanishi mumkin.

Comments are closed.