2020-2021 o'quv yili

 DASTURYOSHKUNVAQTNARX
1Mini bog’cha2-3 yoshDush, Chor, Jum
(haftasiga 3 kun)
10:00-11:30
yoki
11:30-13:00
360 000 so’m / oyiga
25 kunlik kompleks dastur
(Kunning 1-yarmi)

3-5 yosh uchun dastur:
– Kompleks rivojlanish,
– Ingliz tili,
– Lego education,
– Art,
– Geo-klub / Ilmiy laboratoriya,
– Fitnes,
– Musiqa-teatr klubi,
– O’qish
– va rivojlantiruvchi o’yinlar.


5-7 yosh uchun dastur:
– Maktabga tayyorlov,
– Ingliz tili,
– Lego education,
– Art / logika,
– Geo-klub / Ilmiy laboratoriya,
– Fitnes,
– Musiqa-teatr klubi,
– Shashka / shahmat.
3-4 yosh,
4-5 yosh,
5-6 yosh,
va 6-7 yosh
Dush – Jum
(haftasiga 5 kun)
9:30-12:301 200 000 so’m / oyiga
35 kunlik kompleks dastur
(Kunning 2-yarmi)

3-5 yosh uchun dastur:
– Kompleks rivojlanish,
– Ingliz tili,
– Lego education,
– Art,
– Geo-klub / Ilmiy laboratoriya,
– Fitnes,
– Musiqa-teatr klubi,
– O’qish
– va rivojlantiruvchi o’yinlar.


5-7 yosh uchun dastur:
– Maktabga tayyorlov,
– Ingliz tili,
– Lego education,
– Art / logika,
– Geo-klub / Ilmiy laboratoriya,
– Fitnes,
– Musiqa-teatr klubi,
– Shashka / shahmat.
4-5 yosh,
5-6 yosh,
6-7 yosh.
Dush – Jum
(haftasiga 5 kun)
15:00-18:001 200 000 so’m / oyiga
4Bolalar maydoni
(turli mavzudagi bayramlar)
3-5 yosh,
5-7 yosh.
Shanba10:00-13:0025 000 so’m / soatiga

Bizning dastur

Happystart - lessons

Kompleks rivojlantirish

Biz ota-onalarga bolani barkamol rivojlanib o’sishiga  yordam beramiz. Qanday qilib?

Birinchidan, aqliy, jismoniy va ijodiy faoliyatni to’g’ri yo’naltiramiz.

Ikkinchidan, har bir yoshdan kelib chiqib, psixofizologik xususiyatlarga muvofiq mashqlarni bajaramiz.

Uchinchidan, mashg’ulotlarimizning muhim bir qismi – bolalarni bir-birlari bilan muloqoti, muloqot jarayonida esa bag’rikenglikni rivojlantirish.

Bu esa, bolaning har qanday guruhga onson moslashishiga, stressning kamayishiga  va oxir-oqibatda ko’proq ma’naviy uyg’unlikni ta’minlanishiga olib keladi

Happy Start

Maktabga tayyorgarlik

Juda yaqin o’tmishda, bolalar, bog’chada olgan eng fundamental bilimlar asosida maktabga qabul qilingan edilar. Birinchi sinfda ular harflar va raqamlarni o’rganishar edilar.

Ammo, bugungi zamonaviy maktablarimizda, birinchi sinf o’quvhcilaridan bundanda ko’proq bilimga ega bo’lishi talab etilmoqda. Bilimga bo’lgan talablar o’sishda davom etmoqda.

Nima uchun bu kabi ishlar sodir bo’layotganligini va u to’g’ri yoki noto’g’riligini muhokama qilish bizning maqsadimiz emas.

Bizning diqqat markazimiz, bu – Sizning farzandingiz va uning ehtiyojlari. Maktab boshlanishiga uch oy qolganida, bolani maktabga tayyorlash o’yida bo’lgan ota-onalarning shoshilinch hatoli hatti harakati tufayli kelib chiqadigan holatlarni ko’rish bir oz qayg’uli.

Happy Start

Ingliz tili

“Men 5 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman. Ingliz grammatikasidagi 26 ta zamon, noto’g’ri fe’llarning barcha shakllarini va Shekspirning she’rlarini yoddan bilaman. Lekin ingliz tilidagi so’zlarni eshitganimda, ularning noodatiy eshitilishi va talafuzi tufayli ko’pincha oddiy iboralarni tushunmay qolaman. Oddiy savolga tez javob beraolmayman – tutilib qolaman. Telefonda gaplashsam bormi, umuman jim bo’lib qolaman”.

Juda tanish maznzara, shunday emasmi?

Grammatikani yaxshi bilish, katta so’z boyligiga ega bo’lish, biroq shu bilan birga – nutq so’zlashdan uyalish va so’zlarni noto’g’ri talafuz etish qo’rquvi mavjud.

Lekin bizda unday emas. Biz bolalarni har xil artikul va yakunlovhi qo’shimcha so’zlar qoidasi bilan miyasini chalg’itmaymiz. Murakkablashtirmaymiz.  Bizlar uchun eng muhimi, bola eshitayotgan so’z va ifodalarni tushunishi, so’zlaganda hato qilishdan qo’rqmasligidir. Qarabsizki, juda qisqa vaqt ichida, bolalar o’z o’zlaridan ingliz tilida so’zlay boshlaydilar.

Art Studio

ART Studiya

Ohirgi vaqtlarda, aloqa vositalari (smartfon va planshetlar) ning paydo bo’lishi tufayli, bugungi zamonamiz bolalarida Rasm chizishga, haykaltaroshlikka va umuman ijodiy san’atga qiziqishi juda ham kamayib ketgan degan fikrlarni ko’p eshitamiz.

Biroq ayni paytda kuch va vaqt ko’proq san’at va ijodga yo’nalishi juda muhim ahamiyatga ega. Bunda bolaning motorikasi, tasavvuri va fikrlashi rivojlanadi. Ushbu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Pablo Pikasso shunday degan ekan: “Ilhom bor narsa, lekin u aynan ish paytida keladi”. Biz, bola ijodiyoti uchun kerakli bo’lgan barcha sharoitlarni yaratdik: sinflarni jihozladik, ijodkor pedagoglarni yolladik, juda yashi dastur ishlab chiqdik va shular uchun kerakli bo’lgan barcha ijod qurollarini tam’minladik. Endi esa navbat sizga, bizning ART studiyamizga yoziling!

Lego

LEGO ta'lim

“LEGO” so’zini eshitganingizda hayolingizga nimalar keladi? Xonada sochilib yotgan va ko’pincha changyutgich ichida tiqilib qoladigan yana bir o’yinchoqmi?

Ehtimol siz: “Xo’sh, buni ta’limga nima aloqasi bor?” – deb so’raysiz.

Keling avval biz Sizdan: “Siz uchun Ta’lim NIMA?” deb savol so’raymiz.

Albert Eynshteyn shunday degan ekan: “Ta’lim –  faktlarni yod olish emas, fikrlashni o’rgatuchi ong mashg’ulotidir”

Farzandlarimiz yangi narsalarni o’rganish, dunyoni anglash, tajribalar o’tkazish, kuzatish va albatta o’ynashga tabiiy qiziqish va intilishga egadirlar. Bolalar, o’ynab o’rganadilar.

Biz kattalarning asosiy vazifamiz, ularning fikrlash qobiliyatlarini chegaralamaslik. Shu sabab tufayli, yangi LEGO ta’limi vujudga keldi.

Happy Start

Geo klub va Ilmiy laboratoriya

Sizning mitti qiziquvchi bolangiz Sizga har xil savollar bilan murojaat qilganida, odatda unga nimalar deb javob berasi? Misol uchun:

– Havo nima uchun ko’rinmas?

– Nima uchun yog’ suvga qarganda sekinroq oqadi?

– Afrikada Jungliya, Avstraliyadachi, nima?

– Oyim har kuni menga berayotgan Oqsil va Uglevodlar nima?

Hurmatli ota-onalar! Sizlar uchun savol:

Eng ko’p tarqalgan javob qaysi?

  1. “Dadangdan (onangdan, buvingdan…) so’ra”
  2. “Katta bo’lsang bilib olasan”
  3. “Xo’sh, diqqat bilan tingla mittivoy, Oqsillar bu peptid bog’lanish orqali zanjirda bog’langan alfa-aminokislotalardan iborat yuqori molekulyar organik moddalardir” (Vikipediya’dan olingan =)
  4. Boshqa variant.

Biz bolaga, o’z tilida unga tushunarli bo’lgan boshqa variantdagi javobni topdik. Buning uchun – bola bilan birga mini-laboratoriyamizda, uning ishtirokida har xil tajribalar o’tkazamiz. Va shu bilan turli hil

Мини детский сад

Mitti Bog'cha

Mittivoyingizga 2-3 yoshdami? U allaqachon muloqotning yanada kengroq doirasiga muhtoj, ammo, u sizning yonida yo’qligingizga tayyor emasmi? Aziz onalar, sizlar uchun ajoyib yangilik! Mitti Bog’chamizga yoziling va mittivoyingiz bilan birinchi vaqtni birga o’tkazing!

Agar bola qaysarlik qilsa nima qilish kerak? Onalar, bunga o’zingiz o’rnak bo’ling! Boshida bolangiz o’rniga siz qo’lda biron narsa yasaysiz, ertaga esa u siz bilan birgalikda qiladi, ertadan keyin esa bola o’zi mustaqil ravishda , sizning ishtirokingizsiz topshiriqlarni bemalol bajara oladi.

Asosiy maqsad: bolaning shaxsiyatini rivojlantirish.

Asosiy vazifalar: to’g’ri nutqni shakllantirish, fikrlashni rivojlantirish, e’tiborni kuchaytirish, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va axloq qoidalarini o’rganish.